Ommaviy sayyor qabul – murojaatlarga joyida yechim
11-dekabr kuni Bosh prokuror o‘rinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent viloyati FVBB rahbariyati hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Dastlab ochiq muloqot o‘tkazilib, mamlakatimizda Konstitutsiyamiz normalari asosida amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar va ularning hayotiy ifodasi, harbiylar hamda ularning oila aʼzolari uchun yaratilgan imkoniyat va joriy etilgan imtiyozlar haqida atroflicha so‘z bordi.
So‘ngra, Toshkent viloyatida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, faxriylar va yoshlarning murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar masʼullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Asosiy eʼtibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.
Русский