O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 31-bandiga asosan, oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlariga — muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan va oliy maʼlumotga ega oʻttiz yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 31-bandiga asosan, oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga — oʻttiz yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar va ayollar hamda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin deb belgilanganligi tufayli buning imkoni mavjud emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 39-bandiga asosan,
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʻlmagan, shuningdek boshqa davlatning fuqaroligi mavjud boʻlganda;
b) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish imkonini beruvchi qonunda belgilangan yosh chegarasidan oʻtganda;
v) agarda erkak fuqaro harbiy xizmatga majbur boʻlmasa;
g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq kontrakt tuzish huquqi boʻlmasa;
d) fuqaroga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib
borilayotgan, jinoiy ish sudda koʻrilayotgan boʻlsa (bu holatlarda nomzodni qayta koʻrib chiqish tergovga qadar tekshiruv yoki jinoiy ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi);
e) jazo chorasidan va amnistiya qoʻllanilganidan qatʼiy nazar sodir etgan jinoyati uchun ayblov hukmi mavjud boʻlsa;
j) agar fuqaro muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan va harbiy xizmatchining nomiga dogʻ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etgani yoki xizmat vazifasiga noloyiq boʻlib qolganligi sababli boʻshatilgan boʻlsa;
z) vazirliklarning maxsus talablariga javob bermasa;
i) sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilsa;
k) harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki vazirlikning maxsus talablariga javob bermasa.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 48-bandiga asosan,
a) nomzodni dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yigʻish va oʻrganish, suhbat);
v) psixologik oʻrganish (intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligi baholanadi);
g) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
d) nomzodning kasbiy nuqtai nazardan muhim sifatlarini oʻrganish boʻyicha vazirlik tomonidan belgilanadigan sinov (tekshiruv)ning boshqa turlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 58-bandiga asosan,
a) u tibbiy koʻrik natijalariga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilsa;
b) saralash natijalariga koʻra harbiy xizmatni oʻtashga mos emas deb topilsa;
v) agarda u vazirlikning maxsus talablariga noloyiq boʻlsa.