#
News
2025-12-11 00:00:00

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘quvchilar, talabalar va otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri o‘tkazildi.

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” va “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida ishtirokchilarga qish mavsumida is gazidan zaharlanish va yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, boshqarma faoliyati hamda tizimda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shu bilan birga, yoshlar boshqarmada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan maʼlumotlar berildi.


Bundan tashqari, ishtirokchilar qutqaruvchilarning maxsus asbob-anjomlari, ularning amaliy mashg‘ulotlari hamda yong‘in-qutqaruv texnikalari bilan ham yaqindan tanishdilar.